Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada yuk mashinasining muzlatgich kamerasida muhojirlar aniqlandi
London avtomobil halqa yo‘lida yuk mashinasining muzlatgich kamerasida kamida 15 nafar noqonuniy muhojir aniqlandi, deb xabar bermoqda Guardian nashri.
Politsiya vakilining aytishicha, yuk mashinasi haydovchisi mashina yukxonasida qattiq taqillagan ovozni eshitgach, Clacket Lane yoqilg‘i quyish stansiyasida to‘xtagan. Aniqlanishicha, yukxonaga muhojirlar yashirinib olishgan bo‘lgan. Voqea joyiga politsiyachilar kelgan. Mashinada bo‘lgan bir nafar yosh bola va 14 nafar katta yoshlilar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazilganlar.
Politsiyachilar AYoQShga asosiy kirishni yopib qo‘yishgan. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
Sentyabr oxirida fransuz jandarmlari va qutqaruvchilari Buyuk Britaniyaga yetib olmoqchi bo‘lgan 7 nafar muhojirni chorva ozuqasi uchun masalliq olib ketayotgan yuk mashinasidan chiqarib olishgandi.
Fransiyada yashovchi noqonuniy muhojirlar La-Mansh orqali Buyuk Britaniyaga o‘tib olishning turli yo‘llarini qo‘llashadi. Ular bu maqsadda ko‘pincha yuk mashinasi va Fransiyaning Kale shahri orqali o‘tuvchi va Yevrotonnel orqali Londonga boruvchi poyezdlardan foydalanishadi.
Mavzuga oid
19:31 / 14.06.2026
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026