Sport | 20:21 / 07.10.2016
10834
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorlik futbolchi o‘yin vaqtida politsiyadan shifokorlar yordamida qochmoqchi bo‘ldi

Ekvadorlik futbolchi o‘yin vaqtida politsiyadan shifokorlar yordamida qochmoqchi bo‘ldi

Ekvador terma jamoasi futbolchisi Enner Valensiya JCh-2018 saralashi doirasida Chiliga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin vaqtida stadion atrofida politsiyachilarni ko‘rgach, simulyatsiya ishlatib, maydonga yotib oldi.

5 yoshli qiziga alimentlarni to‘lamayotganlikda (17 ming dollar) ayblanayotgan futbolchi o‘yinning 82-daqiqasida maydonga yotgach, uni tez tibbiy yordam mashinasida maydondan olib chiqishgan. Bu holat tasvirlangan videoda esa politsiyachichilar shifokorlar olib ketayotgan futbolchini ta'qib etishayotganini ko‘rish mumkin.

Valensiya shifokorlar yordamida politsiyaga tutqich bermagan.

Ekvadorda advokat terma jamoa futbolchisini butun mamlakatga sharmanda qilish bilan tahdid qildi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid