Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaitida «Mettyu» dovuli tufayli halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashdi
© REUTERS/ Carlos Garcia Rawlins
Gaitida «Mettyu» dovuli qurbonlari soni 572 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib Reuters agentligi ma'lum qilgan.
Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 478 nafarni tashkil qilayotgani aytilgandi.
«Mettyu» dovuli 2007 yildan buyon Atlantika okeanida yuzaga kelgan eng yirik uragan bo‘ldi.
Uning tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etmoqda. Uning kuchi to‘rtinchi daraja (mavjud 5 darajadan - tahr.) bilan baholangan.
Ayni vaqtda dovul AQShning janubiy qirg‘oqlariga yaqinlashgan. Florida, Jorjiya va Janubiy Karolinada favqulodda holat tartibi joriy etilgan.
Mavzuga oid
14:40 / 01.11.2025
Karibda inqiroz: «Melissa» dovuli qurbonlar va milliardlab zarar qoldirdi
09:35 / 29.10.2025
Yamaykaga tarixidagi eng kuchli «Melissa» dovuli yopirildi
23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
23:04 / 08.10.2024