Jahon | 15:32 / 07.10.2016
4374
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga o‘zgartishlar kiritiladi

Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Davron Abayev o‘zining Facebook sahifasida yozishicha, yaqinda mamlakatdagi har bir bloger elektron OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. 

Biroq, Abayevning ta'kidlashicha, bu blogosferani to‘liq nazorat qilishni anglatmaydi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «Qozog‘iston Respublikasining axborot va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasida ushbu yangilik kiritilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid