Sport | 23:16 / 07.10.2016
8941
1 daqiqa o‘qiladi

"Real Madrid" 2015/16 yilgi mavsumda rekord darajada foyda oldi

Foto: Twitter/ FrenchRMCF

“Real Madrid” klubining 2015/16 yillardagi daromadi avvalgi yilga nisbatan 7,4 foizga oshib, 620 mln yevroni tashkil qildi. Daromadning asosiy qismi futbolchilarni boshqa klubga transfer qilish orqali topilgan. Bu haqda qirollik klubining matbuot-xizmati xabar bergan.

Futbolchilar xaridi va soliq xarajatlarini hisobga olmaganda, madridliklarning daromadi 163,2 mln yevrogacha ko‘tarildi. Bu klub tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qirollik klubining sof qarzi 108,9 mln yevroga kamayib, -13,1 mln yevroni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015/16 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi hamda UYeFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan edi.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid