Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela rahbari AQSh elchixonasini zo‘ravonliklarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatdagi elchixonasini, yaqin kunlarda Venesuelada bo‘lishi kutilayotgan «zo‘ravonliklar»ni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
«AQShning Venesueladagi elchixonasi mamlakatimizdagi tinchlikka qarshi qaratilgan zo‘ravonliklar, terrorizm jinoyatlarini tayyorlash ortida turganidan xabarim bor. Ular vatanimizni shantaj qilish uchun o‘z g‘alamisliklarini yaqin kunlarda amalga oshirmoqchi, biroq men bunga yo‘l qo‘ymayman. Oktyabr tinchlik oyi bo‘ladi», —deya Maduro so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Shu bilan birga, Maduro jiddiy bayonotiga qaramay, ehtimoliy tahdidlarga oydinlik kirituvchi bironta qo‘shimcha ma'lumot keltirmagan, biroq zaruriy dalillarga egaligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026