Jahon | 11:08 / 08.10.2016
8130
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton: Rossiyaning xakerlik hujumlaridan maqsadi – Trampni g‘alaba sari yetaklashdir

Foto: RIA

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonning bayonot berishicha, Rossiyaning kiberjinoyatlari ortida respublikachilar partiyasi nomzodi Trampni g‘alabaga olib kelish yotadi. 

Klinton xonimning so‘zlariga ko‘ra, har bir amerikalik Rossiyaning Donald Tramp prezident bo‘lishi uchun bu kabi dushmanona harakatlarni xursandchilik bilan amalga oshirishini yaxshi anglashi kerak. 

Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podesta ham Rossiyaning xakerlik xurujlariga aloqadorligi xususida bayonot bergan. Uning fikricha, bundan ko‘zlangan maqsad "AQSh prezidentlik saylovlariga xalaqit berishdir".

Avvalroq, AQShning Kolorado shtati senatori Kori Gardner xakerlik hujumlari uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilishni taklif qilgan edi. U yaqin orada shu mazmundagi qonun loyihasini Senat muhokamasiga kiritmoqchi.

Bundan tashqari, AQSh Milliy xavsizlik agentligi va Amerika razvedkasi RFni AQSh siyosiy institutlari saytlarini buzishda ayblagan. Xususan, Markaziy Saylov Komissiyasi saytiga uyushtirilgan hujum, Rossiyaning AQSh saylov jarayoniga ta'sir etish istagi bilan izohlanadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid