Jahon | 09:15 / 08.10.2016
23620
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya nima uchun Suriyada S-300 majmualarini joylashtirdi?

Foto: RIA

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Suriyada havo hujumiga qarshi S-300 majmualari AQShning qanotli raketalar yordamida Suriya aerodromlarini bombardimon qilish haqida sizib chiqib ketgan rejalari sababli joylashtirilganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

"S-400 u yerda anchadan beri bor, bunga hamma normal munosabatda edi va hech kim bu shou deb aytmagandi. Bu tizimlar u yerda anchadan beri bor va mening fikrimcha, buni hamma bilgan. S-300 u yerda AQSh yuqori doiralariga yaqin mutaxassislardan birin-ketin AQSh Suriya aerodromlarini qanotli raketalar bilan bombardimon qilishi haqidagi ma'lumotlar sizib chiqib ketgandan keyin paydo bo‘ldi", deb aytdi Zaxarova.

Zaxarovaning aytishicha, "u yerda Rossiya texnikasi borligi, Rossiya harbiy-koinot kuchlari operatsiyalari o‘tkazilayotgani va qanotli raketalarning qayerga uchishini hech kim, ba'zida hatto amerikaliklarning o‘zlari ham bilmasliklari hisobga olingan holda S-300 majmualari joylashtirildi".

Avvalroq AQSh Suriyada S-300 majmualari joylashtirilishi bilan bog‘liq holda xavfsizlik choralarini ko‘rayotgani ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid