Jamiyat | 20:44 / 08.10.2016
11381
2 daqiqa o‘qiladi

Toj Mahalni oqartirish uchun uch yil ta'mirlash ishlari olib boriladi

Foto: © EPA/HARISH TYAGI

Abadiy muhabbat timsoli bo‘lgan Toj Mahalning oq tusini tiklash va yuzasini tozalash maqsadida 3 yil mobaynida ishlov berish ishlari olib boriladi. Bunda, qadimgi hind go‘zallik tavsiyalariga muvofiq, oq gildan qorishtirilgan maxsus niqob surib chiqiladi. Bu haqda, The Times of India gazetasi Hindiston Arxeologiya xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Hindiston Arxeologiya xizmati o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Toj Mahal yuzasi rangining o‘zgarishiga 55 foizi chang va 35 foizi mallarang uglerod to‘zi va 10 foizi qurumdan iborat qoldiqlar sabab bo‘lmoqda. Yodgorlikka ziyon yetkazmasdan uni tozalashda esa "Mo‘ltoni mitti" kosmetik niqobi qo‘l keladi. Bundan hind ayollari minglab yillardan beri tana va yuz terisini oqartirishda foydalanib kelishadi. 

Oq marmardan barpo etilgan Toj Mahal maqbara masjidi yarimqimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, Boburiylar sulolasi tomonidan barpo etilgan tarixiy yodgorliklardan biridir. Uni Shoh Jahon 1653 yilda suyukli rafiqasi Mumtozmahalga atab qurdirgan. Ushbu maqbarani qurishga 27 yil sarflangan. 1983 yilda YuNeSKO Toj Mahalga butunjahon madaniy merosi unvonini bergan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid