Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:26 / 09.10.2016
8296
1 daqiqa o‘qiladi
Respublikachilar partiyasi huquqshunoslari Trampni almashtirish yo‘lini qidirishmoqda
Foto: AP
AQSh Respublikachilar partiyasi huquqshunoslari AQSh prezidenti lavozimiga partiyadan nomzod Donald Tramp nomzodini almashtirish yo‘lini qidirmoqdalar, deb xabar bermoqda Politico nashri.
"Qo‘mita advokatlar armiyasini yolladi, ular hozirning o‘zidayoq 9-qoida va qur'a tashlash masalasini o‘rganishni boshlab yubordilar", deb ma'lum qildi partiya strategik jamoasi vakillaridan biri.
Partiyaning boshqa a'zosining aytishicha, ayni vaqtda huquqshunoslar miliarderning nomzodini uning roziligisiz almashtirishning yo‘lini topa olmaganlar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish