Jahon | 11:21 / 09.10.2016
7485
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada chaqiruv bo‘yicha kelgan politsiyachilar otib o‘ldirildi

Foto: Los Angeles Times

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Palm-Springs shahrida yuz bergan otishmada ikki politsiyachi halok bo‘ldi, yana bir politsiyachi  yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiya boshlig‘i Brayn Reysga iqtibos keltirgan holda Los Angeles Times nashri xabar bergan

Oilaviy janjal chaqiruvi bo‘yicha voqea joyiga kelgan politsiyachilar uy eshigi oldida turganlarida ularga qarata o‘q uzilgan. Reysning aytishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olinmagan va hali ham uyda bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda uni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda, unga maxsus kuchlar xodimlari jalb qilingan.

Mahalliy Desert Sun nashrida ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar dekabrda iste'foga ketishi kerak bo‘lgan 35 yoshli faxriy Xose Gilbert Vega hamda tug‘ruq ta'tilidan keyin yaqindagina ishga qaytgan 27 yoshli Lesli Zerebni bo‘lgan.

Nashrning ta'kidlashicha, bu voqea 1962 yildan beri Palm-Springsda xizmat vazifasini o‘tash vaqtida politsiyachilar halok bo‘lishi bilan bog‘lik ilk holatdir. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid