Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV Suriyadagi aerodromlar zarbaga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Birinchi kanal"ga bergan intervyusida Suriyada Rossiyaning Havo hujumidan mudofaa tizimlari himoyasi ostidagi aerodromlarga hujum uyushtirilishi mumkinligi haqida gapirib o‘tgan.
"Kanallardan olingan xabarga ko‘ra, qanotli raketalar orqali Suriya Harbiy havo kuchlarining aerodromlariga zarba berilishi va Suriya samolyotlari uchishdan to‘xtatilishi mumkin. Bunga bosh shtab munosabat bildirib ulgurdi", degan Lavrov.
U Rossiyaning Suriya hukumati taklifi bilan bu mamlakatga kirgani va ikkita bazaga egaligi - biri Xmeymimdagi harbiy-havo kuchlari bazasi, ikkinchisi Tartusdagi harbiy-dengiz kuchlari bazasi ekanini, rossiyalik harbiylar hamda obektlar Havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta'minlanganini ta'kidlab o‘tgan.
"Biz ko‘rib turibmizki, AQSh harbiylarini asosiy qismi harakatlarida hissiyotlarga berilishdan tiyilib, aql bilan ish tutish kerakligini anglab turishibdi", deya qo‘shimcha qilgan u.
8 oktabr kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Suriyada havo hujumiga qarshi S-300 majmualari AQShning qanotli raketalar yordamida Suriya aerodromlarini bombardimon qilish haqida sizib chiqib ketgan rejalari sababli joylashtirilganini aytgandi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025