Sport | 23:20 / 09.10.2016
7690
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina, Xorvatiyadan g‘alaba va qolgan natijalar

Andrey Shevchenko ustozligidagi Ukraina terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining 3-turida Kosovoga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishga erishdi. Artyom Kravets, Andrey Yarmolenko va Ruslan Rotanlar tomonidan kiritilgan gollar Shevchenko jamoasiga uch ochko taqdim qildi.

Guruhning yana bir uchrashuvida esa Xorvatiya terma jamoasi safarda Finlyadiyaga qarshi to‘p surdi. Bahsning 18-daqiqasida Mario Manjukich tomonidan kiritilgan yagona gol Xorvatiya terma jamoasiga g‘alaba keltirdi, - 0:1. Shunday qilib, Xorvatiya terma jamoasi o‘z guruhida 3-turdan so‘ng yetakchilik qilmoqda.

Yana bir uchrashuvda Isroil terma jamoasi uyda Lixtenshteynni 2:1 hisobida mag‘lub qildi. Tomer Xemedning dubli mezbonlarga g‘alaba olib keldi.

“D” guruhi favoritlaridan biri Uels terma jamoasi uyda Gruziya bilan kutilmaganda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 10-daqiqada Garet Beyl hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa Gruziya terma jamoasi va “Krasnodar” futbolchisi Tornike Okriashvili muvozanatni tikladi, - 1:1. Ayni paytda bu guruhda Uels 5 ochko bilan peshqamdalik qilmoqda.  

Ukraina – Kosovo – 3:0

Gollar: Kravets, 31 (1:0); Yarmolenko, 81 (2:0); Rotan, 87 (3:0).

Ogohlantirishlar: Berisha, 20; Krietsiu, 82.

Finlyandiya – Xorvatiya – 0:1

Gol: Mandjukich, 18 (0:1).

Ogohlantirishlar: Ring, 54; Moysander, 72 – Vrsalko, 78.

Isroil  – Lixtenshteyn – 2:1

Gollar: Xemed, 3 (1:0); Xemed, 16 (2:0); Gopel, 49 (2:1).

Ogohlantirishlar: Byuxel, 20; Xasler, 61.

Uels – Gruziya – 1:1

Gollar: Beyl, 10 (1:0); Okriashvili, 57 (1:1).

Ogohlantirishlar: Daushvili, 45+1; Gviliya, 63; Okriashvili, 76; Kashiya, 85.

 

manba:tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid