Italiya A Seriyasida iş boşlaganiga hali endi ikki oy bölgan Andrey Şevçenkoning Apenin yarimorolidagi murabbiylik faoliyati omadsiz çiqdi.
«Jyenoa» klubi rasmiy sayti Andrey Şevçenko iste’foga çiqarilganini e’lon qildi. Ukrainalik 45 yoşli mutaxassis noyabr oyida Genuya klubi bilan 3 yillik şartnoma imzolagandi. Ammo uning Italiyadagi dastlabki murabbiylik faoliyati 2 oy davom etdi.
Avvalroq, «Jyenoa» rahbariyati Şevçenko va uning murabbiylar ştabi bilan muddatdan avval şartnomani bekor qilgan taqdirda jami 20 million yevro tovon puli tölaşi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, «Jyenoa» A Seriyada 21-turdan keyin 12 oçko bilan 19-örinda bormoqda. Genuyaliklar Şevçenko qöl ostida A Seriyada 9ta uçraşuv ötkazib, 6 mağlubiyat va 3ta durang qayd etdi. Italiya kubogida esa 1 ğalaba va 1 mağlubiyat qayd etilgan.












