Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg gubernatori urush holati uchun oziq-ovqat me'yorini tasdiqladi
Urush yuz bergudek bo‘lsa, Sankt-Peterburg fuqarolariga 20 kun mobaynida bir sutkada 300 grammdan non berilishi kafolatlanadi. Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko shunday qarorni imzolagan.
Peterburgdagi don, javdar va bug‘doy zaxirasi ikki qismdan iborat bo‘lib — «teginilmas» va operativ zaxiraga bo‘linadi. Uning birinchisi shaharning 5,2 mln kishilik aholisini 20 kun mobaynida uzluksiz non bilan ta'minlashga kifoya qiladi. Ikkinchisi esa, un va non mahsulotlari narxini bir maromda saqlab turish uchun lozim.
Yaqin uch yilda ikkala zaxirada 69,7 ming tonna don mahsulotini saqlash rejalashtirilgan. Har bir peterburglikka kuniga 300 gramm non beriladigan bo‘lsa, bu miqdor bir yarim oyga yetadi.
Ta'kidlanishicha, 2015 yilgacha ikki zaxirada jami 92,2 ming tonnani tashkil etgan, biroq inqirozdan so‘ng qisqartirilgan. 2016 yil yanvarida bu zaxirani kamaytirish taqiqlandi. 2016 yildan 20 kunlik kafolatlangan me'yor birinchi marotaba amaliyotga tatbiq etildi.
Leningrad qamali davridagi 200 grammlik non me'yori
Eslatib o‘tamiz, 1941 yilda boshlangan urushdan so‘ng, Leningradda non kartochkalari joriy qilingan, birinchi oyda ishchilar bir kecha-kunduzga 800 grammdan non olishgan. Biroq, keyinchalik bu me'yor kamaytirilib, 1941 yil dekabriga kelganda, ishchilarga 200 gramm, qolganlarga 125 grammdan non ulashilgan.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026