Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp IShIDga qarshi kurashda Moskva bilan ittifoq tuzishiga umid bildirdi
AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp teledebat chog‘ida yana bir marta Rossiyaga moyilligini va prezident Vladimir Putin bilan shaxsan tanishligi haqidagi gaplarni rad qildi. Shu bilan birga u Moskva bilan IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qilishga umidini bildirgan. Teledebat CNN telekanali orqali translyatsiya qilindi.
"Men Rossiya haqida deyarli hech narsa bilmayman, bu mamlakatning ichki siyosatidan bexabarman, mening Rossiyada biznesim yo‘q", degan milliarder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, unda Rossiya va AQSh o‘rtasida "tarang vaziyat" yuzaga kelgani haqida qarash yo‘q.
U Hillari Klintonning Rossiyani "AQShdagi saylovlar natijasiga ta'sir ko‘rsatishga urinish"da aybloviga miyig‘ida kulib qo‘ya qolgan.
Respublikachilar nomzodi o‘z raqibini o‘zi bilan raqobatda "Rossiyani yomonlashdan foydalanish"da ayblagan.
"Ular Rossiyani shuning uchun ayblashmoqdaki, mendan shu yo‘l bilan o‘zib ketishmoqchi", deya izohlagan Tramp.
U shuningdek, Rossiya bilan IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erisha olishi haqida aytib o‘tgan.
"Men Putinni yaxshi bilmayman. Agar biz Rossiya bilan IShIDga qarshi birga jang qilish bo‘yicha kelishuvga erishsak, ajoyib bo‘lardi", degan u.
"Biz Suriya muxolifati kimlar ekanini bilmaymiz. Lekin men bilamanki, Bashar Asad IShIDga qarshi kurashayotganini bilaman, Rossiya IShIDga qarshi kurashayotganini bilaman, Eron IShIDga qarshi kurashayotganini bilaman", deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
Respublikachi nomzodning fikricha, Rossiya, Eron va Suriya hukumati IShID bilan kurashda AQShning harakatsizligi tufayli "yetakchi maqomi"ga chiqqan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026