Jamiyat | 20:37 / 11.10.2016
7821
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada «Taxtlar o‘yini» kastingiga mingdan ortiq kishi yig‘ildi

Ispaniyaning Sumaya hokimiyatiga mingdan ortiq kishi «Taxtlar o‘yini» seriali uchun kastingda navbatga turishdi. Bu haqida mahalliy Eitb.eus nashri xabar beradi. Ko‘pchilikk bir kun avval tashrif buyurib, loyihada qatnashishga muvaffaq bo‘lish uchun madaniyat markazi qarshisida tunab qolishdi.

Kasting tashkilotchilari serialga faqat barcha shartlardan o‘ta olgan birinchi 200 kishi tusha olishi mumkinligini aytishgan edi. Tashkilotchilar asosan bo‘yi 1,78dan 1,95 metrgacha bo‘lgan 20dan 50 yoshlar atrofidagi erkaklarni tanlab olishadi.

Harbiy tajribaga ega nomzodlarga ham talab katta. Nomzodlar soqol va mo‘ylovlarini o‘stirish va aksincha, qirib tashlashga tayyor turishlari haqida ogohlantirildi. Sezilarli tatuirovkaga ega kishilar ishga qo‘yilmaydi. Ayollar uchun ommaviy namoyishda joy erkaklarga nisbatan to‘rt barobar kamroq va ular faqat uzun sochli bo‘lishi lozim.

Omma ishtirokidagi namoyish Ispaniyada 21dan 30 oktabrgacha o‘tkaziladi. Qo‘shimcha aktyorlar kuniga 54 yevrodan haq oladi.

Ispaniyadagi tasvirga olish guruhining ishlari 15 dekabrda o‘z nihoyasiga yetadi. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid