Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma'lum bo‘ldi
Foto: Cloudfront.net
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida mamlakatimizda turizmni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, sayyohlik firmalari, restoran, mehmonxonalar vakillari, turizm sohasi mutaxassislari va jurnalistlar ishtirok etdi. Unda sayyohlik, mehmonxona va restoran biznesini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimiz sayyohlik infratuzilmasini kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi N.Dadaxonova va boshqalar Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratilgani, yangi mehmonxona va zamonaviy yo‘llar qurilgani, sayyohlik infratuzilmasi takomillashtirilganini ta'kidladi.
O‘zbekistonda 1 ming 282 sayyohlik tashkiloti, jumladan, 660 dan ortiq mehmonxona, sayyohlik bazasi va kempinglar, 600 dan ziyod sayyohlik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni ham yildan-yilga ko‘paymoqda. 2015 yilda O‘zbekistonga 2 milliondan ziyod sayyoh kelgan.
Davra suhbati ishtirokchilari sohani yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026