Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bank bo‘limi rahbar o‘rinbosari 1,9 million dollar o‘g‘irlagani aniqlandi
Mitsui Sumitomo bank bo‘limi rahbar o‘rinbosari 12 oktabr, chorshanba kuni valyuta omonatlari tizimini manipulyatsiyalashtirib, 190 million iyen (taxminan 1,9 million dollar) o‘g‘irlaganani uchun hibsga olindi. Bu haqida NHK telekompaniyasi ma'lum qildi.
Tergov bankning yuqori mansabli xizmatchisi o‘tgan yilning noyabridan shu yilning iyuniga qadar 190 million iyenni o‘zlashtirganini aniqlagan. Qo‘lga olingan amaldor o‘z aybini tan olgan, lekin tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiyaning eng yirik banklaridan biri 2007 yildan buyon shu tariqa 1,1 milliard iyenidan (taxminan 11 million dollar) ayrilgan. Mazkur jinoyat yuzasidan tergov ishi davom etmoqda.
Manbaga ko‘ra, bank xizmatchisi bu pullarni "farzandlarining ta'lim olishi va sevimli ayolining ehtiyojlari"ga sarflaganini aytgan.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026