Jahon | 00:15 / 12.10.2016
6809
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya zilziladan keyingi tiklash ishlari uchun 4,5 mlrd yevro ajratadi

Foto: © RIA

Italiya hukumati mamlakatning markaziy qismida 24 avgustda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan hududlarni tiklash uchun umumiy hisobda 4,5 mlrd yevro ajratmoqchi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Xususiy binolarni tiklash uchun 3,5 mlrd yevro va davlat muassasalari binolarini tiklash uchun 1 mlrd yevro ajratiladi", deb aytdi Italiya vazirlar kengashi devonxonasi vaziri o‘rinbosari Klaudio De Vinchenti matbuot-anjumanda.   
De Vinchentining aytishicha, bu mablag‘lardan 300 mln yevro tiklash ishlarini zudlik bilan boshlash uchun eng tez fursatda ajratiladi.

Italiyada 6,0 magnitudali zilzila 24 avgustga o‘tar kechasi yuz bergan, mamlakatning Latsio, Marke va Umbriya viloyatlarida vayronagarchiliklar qayd etilgan. Zilzila Rim, Florentsiya va Bolonya shaharlarida sezilib turgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 298 kishi halok bo‘lgan, bir necha yuzlab kishi jarohat olgan, 3 mingdan ko‘proq kishi boshpanasiz qolib ketgan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid