O‘zbekiston | 14:49 / 12.10.2016
8598
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning yana bir shahridan Toshkentga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Ural Airlines

Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi shu yilning 4 noyabridan boshlab Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘l qo‘yishni rejalashtirgan. Bu haqda, «Chelyabinsk» xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rossiya aviakompaniyasi mazkur reysni 2016 yil 4 noyabridan 2017 yil 24 martiga qadar amalga oshiradi. 

Har haftaning juma kuni soat mahalliy vaqt bilan 8:35da Chelyabinsk aeroportidan havoga ko‘tarilgan samolyot 10:50da Toshkent aeroportiga kelib qo‘nadi. Bu yerdan juma kuni 12:20da parvoz qiluvchi havo layneri Chelyabinskka 15:35da yetib boradi.

Parvozlar bortiga 160 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan qulay Airbus A-320 samolyotida amalga oshiriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid