Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur o‘z harbiylarini Avstraliya bazalarida tayyorlaydigan bo‘ldi
Singapur qurolli kuchlari o‘z harbiy xizmatchilarini Avstraliya hududida tayyorlaydi. 12 oktabr, chorshanba kuni Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull va Singapur bosh vaziri Li Syan Lun o‘rtasidagi muzokaralar yakunida shunga kelishildi. Ternbullning ma'lum qilishicha, bunga doir bitim 13 oktabr, payshanba kuni imzolanadi, chunki ikki mamlakat ekspertlari bir qator texnik detallarni "rasmiylashtirishlari zarur". Bu haqida TASS xabar berdi.
"Mazkur kelishuvga Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi keskin strategik o‘zgarishlar davrida erishildi, - dedi Avtraliya bosh vaziri. - Kelishuv ikki mamlakat qurolli kuchlarining o‘zaro ishonch va chuqur hurmatidan dalolat beradi".
Avstraliya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, yangi kelishuv doirasida Singapur Taunsvill va Sholuoter-Bey (Kvinslend shtati)dagi mamlakat harbiy bazalari infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiyalash dasturini moliyalashtirish ishlarini amalga oshiradi. Taxminlarga ko‘ra, Singapur bu dasturga 2,25 milliard dollar ajratadi. Buning evaziga u 25 yil davomida har yili 18 hafta bu bazalarda o‘zining 14 ming harbiy xizmatchisi bilan o‘quv mashqlarini o‘tkazish imkonini qo‘lga kiritadi.
Kanberrdagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar savdo, ta'lim va innovatsiyalar sohasida ham aloqalarini rivojlantirishga doir bitimlarni imzolashni rejalashtirishmoqda.
Li Syan Lun Singapur tarixidagi Avstraliya federal parlamenti ikki palatasining qo‘shma majlisida ishtirok etgan birinchi bosh vazir bo‘ldi. U Avstraliya qonunchilariga murojaat qilar ekan, o‘tgan yili tomonlar imzolagan "Keng qamrovli strategik hamkorlik" to‘g‘risidagi kelishuvning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta'kidladi, shuningdek Singapur va Avstraliyaning siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi umumiy qarashlarining mutanosibligini qayd etdi.
Mavzuga oid
18:18 / 13.01.2026
Meta Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb 550 ming akkauntini blokladi
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025