2016 yilning 9 oyida YaIM o‘sishi 7,8 foizni tashkil etdi
Joriy yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 7,8 foizni tashkil qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborotda keltirib o‘tilgan.
Yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat o‘sishi 7,2 foizni, qurilish ishlari hajmi o‘sishi 15 foizni, chakana savdo aylanmasi o‘sishi 14,2 foizni, xizmatlar ko‘rsatish hajmi o‘sishi 12,4 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6,4 foizga o‘sishi ta'minlandi.
Davlat byudjyeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6,4 foizga o‘sishi ta'minlandi.Sanoat tarmoqlarini chuqur tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiyalash, rivojlangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni shakllantirish bo‘yicha faol investitsiya siyosatini amalga oshirish o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining – 9,4 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar – 11,2 foizga o‘sishini ta'minlagani qayd etildi.
Yil boshidan buyon 2016 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 100 ta yirik ishlab chiqarish obekti ishga tushirilgani qayd etildi. Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlarining yil oxirigacha ishga tushirish mo‘ljallangan 64 ta yirik ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirishni so‘zsiz ta'minlash, shuningdek, 2017 yil uchun ishlab chiqarish dasturlari uchun zarur xomashyo va materiallarni, eng avvalo, X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xarid qilishga shartnomalar tuzishni tezlashtirish yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari belgilab olindi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:28 / 26.09.2024