Jamiyat | 20:08 / 13.10.2016
11107
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi bir asrli po‘lat ko‘prik portlashdan so‘ng butun qoldi

Foto: dailymail.co.uk

Littl-Rok shahridagi (Arkanzas shtati, AQSh) 93 yil muqaddam qurilgan po‘lat ko‘prikka putur yetkaza olishmadi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, 2010 yildayoq uning qurilmasini ishonchsiz deya topishgan edi. O‘tgan oyda esa ko‘prik avtotransportlar harakati uchun yopilgandi.

Ko‘plab mahalliy aholi vakillari ko‘prik qanday etib portlatib yuborilishiga guvoh bo‘lish maqsadida yig‘ilishdi. Ammo ko‘prikni portlatish rejasi ish bermadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaramay, eski ko‘prik vayron bo‘lmadi. Nashrning yozishicha, ko‘prik million tonnalik po‘lat bilan qurilgan.

Ishchilar mustaqil ravishda qurilma bilan shug‘ullana boshlashdi. Yangi ko‘prikning qurilishi 98,4 million dollarga baholangan.

Foto: dailymail.co.uk
Foto: dailymail.co.uk


 

 

Mavzuga oid