Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi yevropaliklar Xitoyga qachon kirib kelgan?
Xitoylik olimlar ilk yevropaliklar mamlakatga Marko Polodan 1,5 ming yil avval kelishgani hamda Terrakota armiyasi qurilishida ishtirok etishganini taxmin qilishmoqda. Bu haqida Britaniyaning The Independent nashri ma'lum qildi.
Olimlar Xitoyni yagona davlat sifatida birlashtirgan birinchi imperator Tsin Shixuandining qabri atrofida olib borilgan qazilma ishlari davomida qo‘lga kiritilgan arxeologik va genetik ma'lumotlarni tahlil qilib, yuqoridagi xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar kelib chiqishi Yevropadan bo‘lgan ko‘plab artefaktlarni topishgan, xususan, hozirda unutilib ketgan texnologiya asosida tayyorlangan qushlarning bronza shakllari shular jumlasidandir. Mitroxondrial DNK tahlili yevropaliklarning Tsin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoy hududida bo‘lganini ko‘rsatgan.
Manbaga ko‘ra, bu eramizdan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnaynning yurishlaridan keyin Hindiston hududiga kirib borgan yunonlar bo‘lishi mumkin.
"O‘ylashimizcha, Terrakota armiyasi, akrobatlar va qazilma olib borilgan joyda topilgan bronza haykallar qadimiy yunon haykaltaroshligi hamda san'at asarlari namunalari asosida qurilgan", - deya ta'kidlaydi arxeolog Xuan Syuchjen.
Terrakota armiyasi 8 mingdan ortiq xitoy jangchisi va otlarning to‘liq hajmli haykallaridan iborat majmuadir. Haykallar majmuasi Tsin sulolasining birinchi imperatori Tsin Shixuandining qabri yonida joylashgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026