O‘zbekiston | 17:36 / 13.10.2016
6039
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda Turkmaniston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 13 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Muloqot chog‘ida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashinining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi ishida Turkmaniston delegatsiyasining ishtirokiga oid amaliy masalalar muhokama qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid