Sport | 09:06 / 14.10.2016
7055
2 daqiqa o‘qiladi

Baliq ovlash 2020 yilgi Olimpiada dasturiga kiritilishi mumkin

Foto: Vesti.ru

Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada dasturi hali rasman tasdiqlanmadi. Biroq Olimpiya o‘yinlarida baliq ovlash ustalari birinchi marta ishtirok etishlari mumkin. Ushbu sport turining xalqaro federatsiyasi bu borada Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ariza berdi.

Ta'kidlash joizki, Olimpiada dasturiga kiritiladigan sport turi barcha besh qit'ada ommalashgan bo‘lishi kerak. Baliq ovlash butun dunyoda ommaviy tus olgani sababli, bu sport turining Olimpiadada paydo bo‘lishi uni yanada universalroq qilishi mumkin, deb hisoblanmoqda Xalqaro baliq ovlash federatsiyasida.

Baliq ovlash Olimpiadaga 120 yildan keyin yana qaytishi mumkin: 1990 yilda baliq ovlash bo‘yicha norasmiy musobaqalar Parijdagi Olimpiadada bo‘lib o‘tgan, unda 6 ta davlat vakillari bellashgan, biroq g‘olib nomi saqlanib qolinmagan.  

Bugungi kunga kelib 2020 yilgi Olimpiada dasturiga skeytbordda uchish, qoyaga ko‘tarilish, karate va beysbol kabi yangi sport turlari kiritildi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid