Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol folloverlari sonini ko‘paytirish maqsadida o‘z avtomobilini yoqib yubordi
Xitoyning Dalyan (Lyaonin provinsiyasi) shahrida istiqomat qiluvchi ayol ko‘pchilikning e'tiborini jalb qilish maqsadida jonli efirda o‘z avtomobiliga o‘t qo‘ydi. Mazkur rolik CCTV News kanali tomonidan taqdim etildi.
Qiz olovni mustaqil ravishda o‘chira olishiga umid qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Shunda u o‘t o‘chiruvchilar xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan, ular yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qiz yong‘in sodir etganligi uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Manbada ta'kidlanishicha, jonli translyatsiyalar Xitoyda juda mashhur bo‘lib bormoqda - ekspertlar striming bozorini 11 milliard AQSh dollariga baholashmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026