Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HP kompaniyasi 4 minggacha xodimini ishdan bo‘shatadi
AQShning HP kompaniyasi yaqin uch yil ichida 3 mingdan 4 minggacha ish o‘rnini qisqartirmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bunga kompyuter va printerlar bozoridagi past savdolar sabab bo‘lmoqda. Shu xabardan keyin kompaniya aksiyalari narxi 1,3 foizga ko‘tarilib ketdi.
Kompaniya boshlig‘i Dion Vay¬sle¬rning aytishicha, bozorda yuqori darajadagi beqarorlik va noaniqlik hukm surmoqda. "Bizning asosiy bozorlar muammolarga duch kelmoqda va hozirda makroiqtisodiy shartlar doimiy ravishda o‘zgarmoqda", deb aytdi Vay¬sle¬r.
Kompaniya prognoziga ko‘ra, 2017 moliyaviy yil bo‘yicha daromad bir aksiyaga 1,55-1,65 dollar atrofida bo‘ladi. Tahlilchilar esa bu ko‘rsatkich 1,61 dollar atrofida bo‘lishini prognoz qilishmoqda.
Kompaniya choraklik dividend to‘lovlarini 7 foizga oshirib, aksiyalarni qayta sotib olish bo‘yicha dasturini 3 mlrd dollarga kengaytirishini aytdi.
Kompaniya aksiyalari yil boshidan 28 foizga oshgan.
Mavzuga oid
16:58 / 22.01.2024
Toshkentda Techpro DC, HP Inc. va Intel kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan “Blitz Day Tashkent 2024” yirik mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
14:30 / 06.11.2019
Xerox korporatsiyasi HP kompaniyasini sotib olmoqchi
17:38 / 02.10.2019
«O‘z kuchingni top»: CA Distribution va HP Toshkentda rasmiy ravishda HP mahsulotlarini taqdim etdi
20:30 / 01.11.2017