Xerox bozor narxidan köproq narx taklif qilmoqçi hamda naqd pul va aksiyalar bilan tölov qilmoqçi.

 Xerox Holdings korporatsiyasi HP Inc kompaniyasini sotib olişni taklif qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib The Wall Street Journal yozmoqda. 

Xerox bozor narxidan köproq narx taklif qilmoqçi hamda naqd pul va aksiyalar bilan tölov qilmoqçi, deb ma'lum qilgan naşr suhbatdoşlari. Ularning sözlariga köra, Xerox direktorlar kengaşi kelişuv imkoniyatini 5 oktyabrda muhokama qilgan.

Xerox asosan yirik printerlar va nusxa köçiriş texnikasini işlab çiqaradi, HP esa kiçik printerlar va ular uçun kartrijlar işlab çiqaradi.

2015 yilda Hewlett-Packard tarkibidan ajralib çiqqan HP dunyodagi kompyuterlar işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyalardan biri ham hisoblanadi. 

Xerox yillik daromadi 10 mlrd dollar atrofida, HP kompaniyasiniki esa 58 mlrd dollar.