Devayslar taqdimoti sentabr oxirida bölib ötdi

«Öz kuçingni top» şiori ostida Toşkentda Hewlett-Packard xalqaro IT kompaniyasining maşhur yangi modellari taqdimotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Taqdimot mehmonlari yangi mahsulotlar bilan tanişdilar, zamonaviy texnologiyalarda joriy etilgan megatendensiyalar va qurilmalarni sinaş va ularni iş jarayonida köriş imkoniyatlari uşbu tadbirning muhim qismiga aylandi.

HP vakillari yangi mahsulotlarning afzalliklari va farqlarini qayd etdilar, şuningdek, kiber-xavfsizlik va yaqin kelajakda tendensiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda bugungi kunda erişilgan innovatsion texnologiyalar haqida söz yuritdilar.

«Bugun biz brendning 80 yillik tarixini qisqaça körib ötdik va endi Özbekiston bozoriga kirib kelganimizdan bağoyat şodmiz. Bu vaqt içida dunyo juda köp özgarişlarga uçradi va ba'zida özgarişlar tartibsiz bölib tuyuladi, ammo taraqqiyotga intilişda innovatsiyalar va global tendensiyalarga e'tibor qaratiş lozim» – dedi HP EKG boş direktori Andrey Astaşkov.

HP 2019 yildagi eng sönggi yangiliklarni e'lon qildi: premium sinfiga oid bölgan HP Specter biznes noutbuki va haqiqiy geymerlar uçun HP Omen öyin noutbuklari.

Eng yangi rusumdagi Specter x360 noutbuki

Specter modeli HP arsenalida 2013 yilda paydo bölgan va öşa vaqtdan beri uşbu model özini işbilarmon odamlar uçun noutbuk sifatida namoyon etib kelmoqda. Yangi model barça xususiyatlarga ega: portativlik, qudratli quvvat, stilusni qöllab-quvvatlaş hamda sensor ekran. Noutbuk tört yadroli Intel Core i7-8705G protsessor (3,1 GGs, TurboBoost 4,1 GGs gaça), diskret grafigi 4 Gb Radeon RX Vega M, 16 Gb DDR4-2400 RAM operativ xotira, 512 GB SSD qattiq disk bilan jihozlangan. Uşbu qurilmaning eng muhim xususiyati GorillaGlass himoya oynasi ostida joylaşgan 4K IPS WLED sensorli ekranidir. Bularning barçasi oğirligi 2,1 kg va qalinligi 1,9 sm bölgan «quti» içida joylaştirilgan.

OMEN 15 – geymerlar orzusi

HP tomonidan öyinlar uçun işlab çiqarilgan OMEN brendi bu – şaxsiy kompyuterlar bozorida eng tez rivojlanayotgan kompyuterlardan biridir. Mahsulot turlari qatoriga kuçli öyin stansiyalari, kiber-geymerlar uçun noutbuklar, monitorlar, taşqi uskunalar kiradi.