Jamiyat | 20:47 / 14.10.2016
13133
2 daqiqa o‘qiladi

Dayver qafas ichida akula bilan yakkama-yakka qoldi

Meksikaning Guadalupe oroli sohillari yaqinida katta oq akula ichida dayver bo‘lgan qafasni sindirib, uning ichiga yorib kirdi, deb yozmoqda The Telegraph. Ushbu voqeaning videosi YouTube’da Gabe and Garrett kanalida chop etildi.

Qafasda akulalar ortidan kuzatish uchun suv osti sho‘ng‘ishlarini uyushtiruvchi kompaniya akulani jalb qilish maqsadida qafasga baliq bog‘lab qo‘ygan bo‘lgan. Akula baliqqa hujum qilib, qafasni yorib, uning ichiga kirgan. Shundan keyin dayver  qafas ichida akula bilan yakkama-yakka qolgan. Videoda akula qafasning chiviqlaridan shikastlanganini ko‘rish mumkin. 

G‘avvos bunday sho‘ng‘ishlarni ko‘plab amalga oshirgani uning hayotini saqlab qolgan. U o‘zini qo‘lga olib, akulaning orqa tomoniga o‘tib olgan. Qayiqdagi odamlar qafasning eshigini ochib akulani tashqariga chiqarib yuborishgach, g‘avvosni arqon yordamida tortib olishgan. 

"Akula o‘ljaga tashlanganda unga yopishib oladi va vaqtincha ko‘rmaydi va shu sabab orqaga suza olmaydi", deb aytildi videoga berilgan izohda. Video bir kunda 560 mingdan ko‘proq marta ko‘rilgan.

Mavzuga oid