“Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi

Foto: UzA
Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Sentyabr oyida ilk bor namoyish etilgan mazkur sahna asari san'atshunoslar, ijodkorlar, san'at muxlislari tomonidan samimiy kutib olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bu gal “Mirzo Ulug‘bek” spektaklini tomosha qilish uchun taniqli san'at va sport namoyandalari, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar O‘zbek Milliy akademik drama teatriga keldi.
Mazkur tarixiy spektaklda buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning olim, ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari, mashaqqatli hayoti, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgani aks ettirilgan.
Spektakl rejissyori – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Olimjon Salimov. Rassom – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Baxtiyor To‘rayev.
Spektaklda bosh rollarni O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Erkin Komilov, Yayra Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Ma'sudov, Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoyevalar mahorat bilan ijro etgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Jahon | 23:38 / 29.03.2025
-
Pentagon 75 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda
Jahon | 22:55 / 29.03.2025
Mavzuga oid

11:09 / 22.03.2025
Toshkentda avtomobil yonib ketdi

11:50 / 15.12.2024
Muqimiy teatrida “Jadidlar” spektakli premerasi o‘tkazildi

18:31 / 18.10.2024
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha 2 oyga yopiladi

22:29 / 12.09.2024