Jahon | 08:55 / 14.10.2016
11968
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy milliarderlari soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi

Foto: AP

Xitoyliklar dunyoning eng badavlat odamlari soni bo‘yicha amerikaliklarni ortda qoldirdi. Forbes’ning Xitoy muqobili bo‘lgan mahalliy "Xurun" jurnali shunday xulosaga keldi. Bir yilning ichidagina Xitoyda 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lgan odamlar soni ikki barobarga ko‘paydi. Endi Xitoyda 596 milliarder bor.

AQShda esa "bundaylar" soni 50 nafarga kam. Xitoylik "superboyvachchalar"ning umumiy boyligi 2,1 trln dollarni tashkil qilmoqda. Bu Rossiya YaIMdan ko‘proq deganidir.

Xitoylik milliarderlar hali erisha olmagan yagona narsa dunyoning eng badavlat odamlari yuqori o‘ntaligiga kirish bo‘lmoqda. Xitoyning eng badavlat odami Van Tszyanlin 34 mlrd dollar bilan dunyo reytingida 26-o‘rinni egallamoqda. Uning oxirgi yilda boyligi 50 foizga oshdi. Unga tegishli kinoteatrlar aksiyalari yil boshida mahalliy birjalarga chiqishiga qaramasdan, 10 barobarga narxida oshgan.

E'tiborlisi, 1999 yilda Xitoyda faqatgina bir dona milliarder yashagan.

 

Mavzuga oid