Texnologiya | 07:33 / 14.10.2016
7687
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 7 smartfoni tufayli ko‘radigan zararini ma'lum qildi

Foto: © AP

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi xabariga ko‘ra, u so‘nggi ikki chorakda kamida 3 mlrd dollar zarar ko‘rishini taxmin qilmoqda, deb xabar qilgan Reuters agentligi.

Xabarda yozilishicha, kompaniyaning 2016 yil to‘rtinchi chorakdagi iqtisodiy zarari ikki trillion von (2,2 mlrd AQSh dollari) miqdorida bo‘ladi. Kelasi 2017 yilning birinchi choragida bu raqam bir trillionga yaqin bo‘lishi mumkin. Bunga esa, Galaxy Note 7 smartfonining portlashi bilan vujudga kelgan mojaro va mazkur smartfonlarni ishlab chiqarishni to‘xtatish sabab bo‘lgan.

Avvalroq, Samsung rahbariyati Galaxy Note 7 tufayli amaliy daromadiga oid taxminni 33 foizga pasaytirgan edi. 

Bundan tashqari, TASS manbalariga ko‘ra, Samsung Note brendiga barham berishni ko‘rib chiqmoqda.


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid