Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning IHTdagi maxsus elchisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Islom hamkorlik tashkilotida AQSh maxsus elchisi vazifasini bajaruvchi Arsalan Sulaymon 17-22 oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda uzdaily.uz xabar bermoqda.
U O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etadi.
Arsalan Sulaymon rasmiy shaxslar va diniy tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib boradi, shuningdek, Toshkent islom universitetiga tashrif buyuradi.
Bundan tashqari u Toshkent, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi va u yerdagi diniy va madaniy bo‘lgan diqqatga molik joylar bilan yaqindan tanishadi.