Jahon | 09:25 / 15.10.2016
3647
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada sayyohlar avtobusi to‘ntarilishi oqibatida 26 kishi jarohat oldi

Foto: ctc ottawa

Kanadada sayyohlar avtobusi to‘ntarilishi oqibatida 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda CBC telekanali xabar bermoqda.

Avtobus Ottava yaqinidagi Dinbig shahridan ketayotganda to‘ntarilib ketgan. Oqibatda avtobusdagi 50 yo‘lovchidan 26 nafari jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ma'lum qilinishicha, ikki kishining ahvoli og‘ir.

Hozircha avtobusning to‘ntarilishiga nima sabab bo‘lgani noma'lum.

Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid