Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narendra Modi: Ikki yangi do‘stdan bir qadrdon yaxshi
Hindistonning Goa shtatida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat va hukumat rahbarlari OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazishdi.
Narendra Modi o‘z bayonotini "ikki yangi do‘stdan eski qadrdon yaxshi", degan rus maqoli bilan boshlagan.
"Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar, bizning aloqalarimizga aniq yo‘nalish, yanada kuchliroq turtki beradi", - degan hind hukumati rahbari. U, o‘zaro muloqotni keng qamrovli va foydali bo‘lganini qayd etgan.
Modi bu safargi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar orasida, 200ta Ka-226T vertolyotlarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvni hamda neftgaz sohasidagi aloqalarning rivojlanishini alohida e'tirof etgan.
Bosh vazirning aytishicha, tomonlar iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, rivojlantirish va chuqurlashtirishni davom ettiradi.
Modi shuningdek, rasmiy Moskva Hindistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlayotganini bildirgan.
Vladimir Putin va Narendra Modi o‘rtasidagi muzokaralar yakunida jami 18ta hujjat imzolangan hamda global tinchlik va barqarorlikka erishishga oid yondashuvlar bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilingan.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026