Jahon | 17:15 / 16.10.2016
5433
1 daqiqa o‘qiladi

BRIKSning keyingi sammiti Xitoyda o‘tkaziladi

Foto: AFP

Braziliya, JAR, Hindiston va Rossiya Xitoy BRIKSning 2017 yilgi to‘qqizinchi sammitiga mezbonlik qilish bo‘yicha taklifini ma'qulladi. Bu haqda "beshlik"ning Goada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi sammiti yakunida qaror qabul qilingan.

"Braziliya, JAR, Hindiston va Rossiya Xitoyning to‘qqizinchi sammitni o‘zida qabul qilish bo‘yicha bildirgan taklifni to‘la qo‘llab-quvvatladi", deyilgan Hindiston TIV sayti xabarida.

Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi hashamatli Taj Exotica mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Rahbarlarning tor doiradagi uchrashuvidan keyin BRIKS tadbirkorlar doirasida milliy delagatsiyalar uchrashuvi va undan keyin rasmiy hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid