Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Klintonga doping-sinovdan o‘tishni taklif qildi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zining saylovlar bo‘yicha asosiy raqibi Xillari Klintonga uchinchi teledebatlar oldidan birgalikda doping-sinovdan o‘tishni taklif qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Milliarder oxirgi teledebat oldidan Klinton organizmiga maxsus vositalar kiritilgani va shuning evaziga Klinton yuqori darajada ishtirok eta olganini taxmin qilmoqda.
"Men debatlar oldidan organizmimizda tibbiy vositalar mavjudligiga sinovdan o‘tishimiz kerak, deb hisoblayman. Men Klinton bilan nima sodir bo‘layotganini uncha tushunmayapman. O‘tgan debatlar oldidan u juda jo‘shqin edi, biroq oxirida uni sahnadan olib chiqib ketishlarini so‘rayotgandek ko‘rindi", deb aytdi Tramp.
Tramp 19 oktabrdagi uchinchi teledebatlar oldidan Klintonga "albatta yana nimadir urib qo‘yishlarini" qo‘shimcha qildi.
Tramp avvalroq ham Klintonning mamlakatni boshqara olishga qodirligiga uning salomatligi sababli shubha bildirib kelayotgandi.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020