Jamiyat | 08:57 / 16.10.2016
6517
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Lozannada o‘z nomiga atalgan quymoqni tanovul qilishni istamadi

Foto: RIA

AQSh davlat kotibi Lozannada Suriya bo‘yicha o‘tgan uchrashuvdan keyin "Ushi" deb nomlangan mahalliy tamaddixonaga yo‘l oldi. Bu tamaddixona o‘z taomnomasida 22 frankka taklif qilinuvchi "Jon Kerri" quymog‘i borligi bilan taniqli. AQSh davlat kotibi nomiga atalgan quymoq ratatuy, echki sutidan tayyorlangan pishloq va rukkola bilan tortiq qilinadi. Biroq Kerri o‘z nomiga atalgan quymoqni tanovul qilishni istamadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Yo‘q, u buni buyurtma qilmadi. U nima tanovul qilganini ayta olmayman", deb aytdi tamaddixona ofitsianti. 

Kerrining o‘z jurnalistlar jamoasi bilan kechki ovqati 2 soatga yaqin davom etdi. Bu orada tamaddixona oldida turli davlatlardan bir necha jurnalistlar Kerri bilan suhbatlashish uchun uni poylab turganlar. Biroq Kerri orqa eshikdan ketishni afzal ko‘rgan.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Lozannadagi uchrashuv ishtirokchilari aniq kelishuvlarga erisha olmadilar, biroq 17 oktabrda yana uchrashishga kelishib oldilar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid