AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri AQŞ prezidenti Donald Trampning taşqi siyosati yönalişini tanqid qildi va Trampning “mamlakatni jahon maydonida şarmanda qilayotganini” aytdi.
“Bu prezidentning diplomatiyani mutlaq nazarga ilmasligi davlatimizni jahon maydonida şarmanda qilmoqda, u demokratiyamiz asoslariga putur yetkazmoqda. U bizni ortga taşlab, Ikkinçi jahon uruşi vaqtidan beri amerikalik yetakçilar dunyoni birlaştiriş uçun qurgan institutlar va alyanslarga tahdid qilgan holda uyimizda bizni özaro bölakladi va Amerikani dunyoda yakkaladi”, deb yozgan Kerri Demokratik partiya tarafdoriga maktubda.
“Men önlab yillar davlat xizmatidagi faoliyatim davomida Donald Tramp kabi bunçalik nifoq soluvçi yoki xavfli yetakçini körmaganman va albatta, Amerika prezidenti milliy xavfsizligimizga tvitlar yordamida tahdid qilganini körmaganman”, deb qöşimça qilgan Kerri.
Şu munosabat bilan u Demokratlar partiyasi tarafdorlarini 2020 yilgi AQŞ prezidenti saylovlari böyiça saylov kampaniyasini ötkaziş uçun badallar ajratişga çaqirgan.
Kerrining uşbu bayonoti Venesuela atrofidagi vaziyat keskinlaşgan va uşbu davlat muxolifat yetakçisining prezident sifatida AQŞ tomonidan tan olinişi ortida paydo böldi. Bundan taşqari, Tramp dekabrda Suriyadan qöşinlarning olib çiqilişini e'lon qilgan. Uning bu qarori AQŞ yuqori doiralari va ittifoqdoşlarida turliça munosabat keltirib çiqargan.












