Balida ko‘prik qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi
Indoneziyaning Bali orolidagi osma ko‘prikning qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Avvalroq 9 kishi halok bo‘lgani, 18 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 19:30 larda yuz bergan. Nusa Lembongan va Nusa Cheningan orollarini bog‘lovchi ko‘prikning qulashiga unga katta yuklama tushishi sabab bo‘lgan. Ko‘prik undan bir vaqtda katta miqdordagi odamlar va transport o‘tishiga mo‘ljallanmagan bo‘lgan.
"Diniy marosim vaqtida ko‘prik orqali juda ko‘p odam va transport vositalari o‘tishi oqibatida uning troslaridan biri uzilib ketgan", deb ma'lum qildi qidiruv-qutqaruv masalalari boshqarmasi boshlig‘i Didi Xanzar.
Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi to‘xtatilgan, u 17 oktabr ertalab davom ettiriladi. Ko‘prik qulashi oqibatida bedarak yo‘qolganlarning aniq soni hanuzgacha noma'lum.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024