Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShga Iroqqa qanday bostirib kirganini eslatib qo‘ydi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilish amaliyotida qatnashish borasida 2003 yili Saddam Husayn taklifisiz Iroqqa bostirib kirgan AQShdan kamroq huquqga ega emas.
«O‘shanda, nima uchun Iroq hukumati hech qanday taklifsiz kelganlarga rad javobi berishmadi? 14-15 yil avval Saddam Husayn taklif qilganmidi? Biroq, ular bu mamlakatga kirishdi. Qon to‘kildi, milliondan ortiq inson halok bo‘ldi», — deya Erdo‘g‘an so‘zlarini keltiradi Anadolu.
Turkiya yetakchisi, turk harbiylarining Mo‘sulga kirmasligi borasidagi fikrlarga shunday munosabat bildirgan. Uning fikricha, Turkiyani birgina sabab tufayli kiritishni xohlashmayapti. U ham bo‘lsa, Anqara IShIDga qarshi kurash bahonasida dinlararo qarama-qarshilikni vujudga keltirish rejasini barbod qilishi mumkin.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Turkiyaning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish jangovar amaliyotida ishtirok etishini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026