Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada politsiya va muhojirlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi
16 oktabr, yakashanba kuni Oreokastro shahri yaqinidagi lagerda grek politsiyasi va muhojirlar o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi. Bu haqida politsiyadagi manbasiga tayanib, "France press" ma'lum qildi.
Bir necha o‘nlab muhojirlar ishtirokidagi norozilik namoyishini tarqatish uchun politsiya shovqinli granatalarni qo‘lladi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, muhojirlar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga toshlar otishgan, chiqindi qutilarini yoqib yuborishgan. Oxir-oqibat politsiya tartib o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
Muhojirlar lageri yaqinidagi norozilik aksiyasi suriyalik qochqinlar ishtirokidagi YTHdan keyin boshlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tib ketayotgan avtomobil suriyalik 35 yoshli ayol va uning 10 yoshli qizini bosib ketgan, bundan tashqari yana bir bola jarohat olgan. Mashina boshqaruvida bo‘lgan keksa haydovchi qo‘lga olingan.

Muhojirlik inqirozi boshlangan vaqtdan beri Gretsiya orqali taxminan 1,5 million qochqin va muhojir Yevropaga o‘tgan. Joriy yilning fevralidan migratsiya "bolqon yo‘li" yopib qo‘yilgan va buning natijasida 60 ming kishi Gretsiyada bloklanib qolgan.



Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
16:17 / 29.01.2026