Jahon | 09:37 / 17.10.2016
6885
2 daqiqa o‘qiladi

Kurd jangchilari Mo‘sul yaqinida hujum boshladi

Foto: AFP

Kurd «peshmerg» otryadlari (Iroq Kurdistoni qurolli otryadlari) Iroq harbiylari bilan muvofiq holda Mo‘sul yaqinida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi. Bu haqda kurdlarning qo‘mondonligi tvitterida ma'lum qilingan.

"Soat 6:00da Xazirdagi kurd jangchilari Mo‘sulga sharqdan, Gver va Gayyaradagi Iroq hukumati qo‘shinlari esa shaharga janubdan hujum boshladi. Bu Naynavani ozod etishda (Mo‘sul markazidagi hudud) katta qadam bo‘ladi", deyilgan xabarda.

Xazirdagi 4 ming nafardan ortiq peshmerg jangchilari Kurdiston va Iroq federal hukumati kelishuvi asosida bir qancha qishloqlarni IShIDdan ozod qilgan.

"Bizda iroqliklar va koalitsiya bilan kelishuv bor, biz Mo‘sulga kirmaymiz", degan "peshmerglar" bosh shtabi rahbari Jamal Iminiki.

Kurdlar amaliyot davomida iroqlik harbiylarga zarur vaqtda yordam berishi ko‘zda tutilgan.

Xalqaro koalitsiya samolyotlari 16 oktabr kuni bo‘lajak hujumga tayyorgarlik doirasida IShIDning pozitsiyalariga zarba bergandi.

Iroqdagi ikkinchi eng yirik shahar hisoblanmish Mo‘sul 2014 yil yozidan buyon IShID nazoratida bo‘lib turibdi. Dushanbaga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha hal qiluvchi janglar boshlanishi haqida ma'lum qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid