Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud "Lukoyl" vitse-prezidenti o‘g‘liga hukm chiqaradi
Moskvaning Gagarin sudi "Lukoyl" vitse-prezidenti o‘g‘li Ruslan Shamsuarov va Gelandewagen mashinalarida politsiyadan qochish ishi bo‘yicha boshqa ayblanuvchilarga hukm chiqaradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Sud yig‘ilishi soat 11.00ga belgilangan", deb aytildi sudda.
Avvalroq prokuror Shamsuarov va boshqa ayblanuvchilarni 2 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.
May oyi oxirida internetda ayblanuvchilar Mercedes-Benz G63 AMG mashinasida yo‘l harakati qoidalarini buzganlari, so‘ngra politsiyadan yashirinishga urinib tutash chiziqlarni kesib o‘tganlari, trotuarlarga va gazonlarga chiqib ketganlari videosi paydo bo‘lgandi. Ayblanuvchilar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun may oyida 15 kun ma'muriy jazo olgandilar.
Endi sud politsiyadan qochish holati bo‘yicha jinoiy ishni ko‘rib chiqmoqda. Tergov taxminiga ko‘ra, Ruslan Shamsuarov, Abduvaxob Madjidov va Viktor Uskov "hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llashga tahdid" va "hukumat vakilini haqoratlash" jinoiy moddalarini buzganlar. Jinoiy ish bo‘yicha jabrlanuvchilar yo‘l-patrul xizmatining 3 xodimi hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13 / 29.01.2026
«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026