Jahon | 08:19 / 18.10.2016
5899
1 daqiqa o‘qiladi

Yaman prezidenti husiychilar bilan yarashuvga rozi bo‘ldi

Foto:© Sputnik

Yaman tashqi ishlar vaziri Abdulmalik al-Mahlafiy mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy isyonchi-husiychilar bilan yarashuvga rozi bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Vazirning aytishicha, Hodiy 72 soatlik yarashuvga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga agar ikkinchi tomon o‘t ochishni to‘xtatish tartibini qo‘llab-quvvatlasa, bu muddat yana uzaytirilishi mumkin.  

 

Mavzuga oid