Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "Real" - "Legiya", "Lion" - "Yuventus" va boshqa o‘yinlar
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Seshanba oqshomida to‘rtta guruhda o‘yinlar davom ettiriladi.
Jumladan, "E" guruhida TsSKA o‘z maydonida "Monako"ni qabul qiladi. Angliyaning "Tottenhem" jamoasi safarda "Bayyer"ga qarshi maydonga tushadi. "F" guruhi yetakchilari biri "Real" uyda "Legiya"ni qabul qiladi. Ayni paytda "Legiya" guruhda autsayder bo‘lib turibdi. Dortmundning "Borussiya" klubi esa safarda "Sporting"ga qarshi maydonga tushadi.
Angliya chempionatining amaldagi g‘olibi - "Lester" esa uyda "Kopengagen" bilan to‘qnash kelsa, "Lion" Fransiyada "Yuventus" bilan kuch sinashadi.
Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan:
23:45, TsSKA - "Monako"
23:45, "Bayyer" - "Tottenhem"
23:45, "Sporting" - "Borussiya D"
23:45, "Real" - "Legiya"
23:45, "Lester" - "Kopengagen"
23:45, "Bryugge" - "Portu"
23:45, "Dinamo Z" - "Sevilya"
23:45, "Lion" - "Yuventus"
Mavzuga oid
12:09 / 01.10.2025
«Liverpul» Turkiyada yutqazdi, grandlardan gollar yomg‘iri. YeChLda kun o‘yinlari
22:12 / 28.08.2025
«Real» Qozog‘istonga boradi – YeChL umumiy bosqichiga qur’a tashlandi
21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
16:34 / 31.05.2025