OAV: Tayland monarxiyani haqorat qiluvchi 120ta saytni bloklashni talab qilmoqda
Tayland teleradio milliy komissiyasi YouTube, Facebook, Line va Twitter ijtimoiy tarmoqlarining mamlakatdagi bo‘limlari va boshqa internet portallarga murojaat qilgan. Unda, Tayland monarxiyasini tahqirlovchi 120ta sahifa va akkauntni to‘sib qo‘yish talab qilingan, deb yozmoqda Bangkok Post.
To‘sib qo‘yilishi kerak bo‘lgan saytlar va manzillar ro‘yxati internet-portal operatorlariga va "messenjer"larga 18 oktabrda kun mobaynida taqdim etiladi, - deya Milliy komissiya bosh kotibi Takxon Tantxasit so‘zlarini keltiradi gazeta.
Milliy Komissiya bundan avval ham shu kabi talab bilan chiqqan edi. Biroq, obro‘li xalqaro portallar va ijtimoiy tarmoqlar operatorlari, o‘zlarining bosh qarorgohlari Tayland tashqarisida ekanini vaj qilib, hamkorlik qilishdan bosh tortgandi.
Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, qirol va uning oilasini haqoratlash 15 yillik qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:21 / 23.09.2022
Tailand turistlar uchun barcha koronavirus cheklovlarini bekor qiladi
19:57 / 20.08.2022
Tayland o‘zbekistonliklar uchun mamlakatda vizasiz yurish muddatini uzaytirdi
20:16 / 16.02.2022
Tayland poytaxtining nomi o‘zgarishi mumkin
22:33 / 26.12.2021